Jirinovskiy Xitoyda koronavirus tarqalishida AQShni aybladi

Jahon 23:53 / 25.01.2020 38727

Xitoyda 2019-nCoV koronavirusining tarqalishi AQShning ig‘vosi hisoblanadi, dedi Rossiya liberal-demokratik partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy.  

«Koronavirus barcha qit'alarga tarqalmoqda, barchasiga. Nima, bu rostdan ham grippning yangi turimi yoki kimningdir ig‘vosi? AQShning. Iqtisodiyot. Amerikaliklar Xitoyni quvib yetolmaslik yoki unga tenglasha olmaslikdan qo‘rqishmoqda», — dedi u.

Jirinovskiy bunday ig‘vogarlik birinchisi emasligini aytarkan, qush grippi va «kimgadir yoqmay qolgan» Britaniya mol go‘shtini eslatdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi epidemiya bir oy ichida barham topadi.

«Dorilar sotib bo‘lindi, kimlardir milliarderga aylandi. Ular asosan Shveytsariyada yashashadi», — dedi siyosatchi.

25 yanvar oqshomiga kelib 41 kishi virus qurboniga aylandi. Shu bilan birga, uning tarqalish sur'ati tezlashdi, deb  ma'lum qildi XXR raisi Si Tszinpin. Mamlakatda jami 1355ta infeksiya bilan zararlanish holati qayd etildi. 

Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayland, AQShda ham ushbu virusga chalinganlar aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: