Janubiy Koreyaga ishlashga ketadiganlar uchun o‘tkaziladigan imtihonlar qachon bo‘lib o‘tadi?

O‘zbekiston 23:30 / 25.01.2020 14968

“Janubiy Koreyaga birinchi marta ishga ketayotganlar uchun imtihonlar bir yil davomida taxminan ikki marotaba, avval ishlab kelgan, yana qaytib ketish istagida bo‘lganlar uchun esa uch marotaba o‘tkaziladi. Imtihonlar qachon bo‘lib o‘tishi, ya'ni sanasi Janubiy Koreyaning Inson resurlarini rivojlantirish departamenti tomonidan belgilanadi. Shu sababli imtihonlar qachon bo‘lib o‘tishi oldindan aniq bo‘lmaydi. 

Erkin yollash tizimiga ko‘ra, fuqaro imtihondan o‘tgach, zaxiraga olinadi. Janubiy Koreyadagi ish beruvchi zaxiradagilar orasidan mutaxassisligi mos kelganini tanlab oladi. Ikki yillab zaxirada turib hech bir ish beruvchi tomonidan tanlanmaydigan holatlar ham bo‘ladi. Bir yilda necha marta imtihon bo‘lishi zaxirada turgan fuqarolarimiz sonidan kelib chiqadi. Ya'ni zaxirada turgan fuqarolarimiz ko‘p bo‘lsa, imtihon o‘tkazish maqsadga muvofiq emas” deydi u.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, Janubiy Koreyada bir yilda ishga yuborilishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonlik ishchilar kvotasi 3200 nafarni tashkil etadi. Bir yilda shuncha odamga Koreya Respublikasidan shartnoma va viza tasdiqnomasi keladi. 

“Odatda Koreyaga ishlashga ketish uchun imtihondan o‘tgan va zaxiraga olingan fuqarolar soni bundan bir necha barobar ko‘p bo‘ladi. Shunga qarab imtihon muddati Koreya tomonidan belgilanadi, O‘zbekiston tomoni imtihon muddatini ham oldindan bilmaydi. Bizga bir oy oldin imtihon bo‘lishi haqida ma'lumot keladi. Bu haqda Mehnat.uz saytida xabar beramiz”, deb ta'kidladi Baxtiyor Tursunov.

Ko‘proq yangiliklar: