Iroqdagi namoyishlarda to‘rt kishi halok bo‘ldi va 40dan ortiq kishi jarohatlandi

Jahon 22:15 / 25.01.2020 5569

Iroq poytaxti Bag‘dodda va An-Nosiriya shahrida namoyishchilarning politsiya bilan to‘qnashuvlari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi va 40dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Bag‘dodda bir namoyishchi o‘ldirilgan, 30dan ortiq namoyishchi jarohat olgan. An-Nosiriyada uch kishi o‘lgani va 14 kishi jarohatlangani xabar qilinmoqda. Norozilik namoyishlari mamlakatning boshqa shaharlarida ham bo‘lib o‘tgan.

24 yanvar kuni Bag‘dod va boshqa shaharlarda Iroqdan AQSh qo‘shinlarini chiqarib yuborish talabi ostida "millionlar marshi" o‘tkazildi. Xalqni “millionlar marshi” o‘tkazishga iroqlik shialar yetakchilaridan biri Muqtado as-Sadr chaqirgan.

Iroq parlamenti 5 yanvar kuni mamlakat hududidan xorij qo‘shinlari olib chiqib ketilishiga ovoz bergandi.

AQSh prezidenti Donald Tramp agarda mamlakatdan Amerika harbiylari chiqarib yuboriladigan bo‘lsa, Iroqqa nisbatan sanksiyalar kiritilishini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: