Internetda Turkiyadagi zilzila oqibatlari tasvirlangan videolavhalar joylashtirildi

Jahon 20:12 / 25.01.2020 18918

Anadolu agentligi Turkiyadagi zilzila oqibatlari tasvirlangan videolavhalarni e'lon qildi. Lavhada Elyazig‘ shahridagi qulab tushgan uy aks etgan.

Agentlikning xabar berishicha, aksariyat oilalar tunni ko‘chada o‘tkazgan.

Turkiyaning sharqida kuchli zilzila yuz berishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiyaning favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar bo‘yicha boshqarmasi (AFAD) ma'lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, 6,8 balli zilzila Elyazig‘ viloyatining Sivrij shahrida 24 yanvar soat 20:55 da qayd qilingan. Zilzila o‘chog‘i 10 km yer ostida bo‘lgan. Zilziladan keyin 2,7 dan 5,4 magnitudagacha 118 ta aftershok qayd qilingan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan, 700ga yaqin kishi jarohatlangan.

Ko‘proq yangiliklar: