Eronning Fars axborot agentligi sayti AQSh sanksiyalari sababli bloklab qo‘yildi

Jahon 10:40 / 25.01.2020 6048

Eronning Fars axborot agentligi sayti AQSh moliya vazirligi buyrug‘i bilan bloklab qo‘yildi. Bu haqda Fars o‘z Telegram-kanalida xabar berdi. 

Xalqaro provayder Fars’ga elektron maktub yo‘llab, unda bloklashning sababi sifatida “xorijlik aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi buyrug‘i va axborot agentligining “qora ro‘yxat”ga (SDN-ro‘yxat) kiritilishi”ni ko‘rsatgan. 

Axborot agentligining xabar berishicha, .ir domenli sayt odatdagi tartibda ishlamoqda, biroq .com domenli sayt hanuzgacha bloklangan.

23 yanvarda AQSh Eron bilan bog‘liq jismoniy shaxslar va kompaniyalarga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar kiritdi. Sanksiyalar ro‘yxatiga Xitoy va Eron fuqarolari hamda neft sektoridagi kompaniyalar kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: