Putin falastinlik harbiyning yerga tushib ketgan furajkasini boshiga kiygizib qo‘ydi (video)

Jahon 20:15 / 24.01.2020 57726

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Falastinga tashrifi vaqtida faxriy qorovul soqchisining yerga tushib ketgan furajkasini payqab, uni ko‘tarib, soqchining boshiga kiygizib qo‘ydi.

Voqea Putinning Bayt-Lahmga (Vifleyem) tashrifi vaqtida yuz bergan.

Falastin rahbari Mahmud Abbosning shaxsiy fotosuratchisi Muhammad Atik tomonidan e'lon qilingan videoda Putin Abbos bilan harbiylar safi yonidan o‘tayotib, yerda yotgan furajkaga ko‘zi tushganini ko‘rish mumkin. U to‘xtab, furajkani yerdan olib, harbiyning boshiga kiygizib qo‘ygan. Putin ketayotib harbiyga “Hechqisi yo‘q, bo‘lib turadi” degandek, boshmaldog‘ini yuqoriga ko‘tarib qo‘ygan.

“Putinning Falastin gvardiyasiga hurmati”, deb videoga izoh qoldirgan Atik.

Putin Falastinga tashrifi vaqtida Mahmud Abbos bilan Yaqin Sharqdagi vaziyatni va ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: