Prezident hukumat a'zolarini tasdiqladi. Hozircha uchta lavozim bo‘sh qolmoqda

O‘zbekiston 20:25 / 24.01.2020 97095

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zolarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2020 yil 21 yanvardagi qarorlariga muvofiq, Bosh vazir lavozimiga A.N. Aripov tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 22 yanvardagi tegishli qarorlariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a'zoligiga nomzodlar ma'qullangan», deyiladi prezident matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan hujjat matnida.

Ayni vaqtda bosh vazirning ikki o‘rinbosari – Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va Bosh vazirning ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda bir vazirlik rahbarligi lavozimi vakant qolmoqda.

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq:

Aripov Abdulla Nig‘matovich – Bosh vazir;

Ramatov Ochilbay Jumaniyazovich – Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari;

Qo‘chqorov Jamshid Anvarovich – Bosh vazirning o‘rinbosari –O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri;

lavozimi bo‘yicha – Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

lavozimi bo‘yicha – Bosh vazirning ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

Abduhakimov Aziz Abduqahhorovich – Bosh vazirning o‘rinbosari –O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi;

Bositxonova Elmira Irkinovna – Bosh vazirning o‘rinbosari –O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

Vazirliklar

Komilov Abdulaziz Hafizovich – Tashqi ishlar vaziri;

Xo‘jayev Botir Asadillayevich – Iqtisodiyot va sanoat vaziri;

Davletov Ruslanbek Quroltayevich – Adliya vaziri;

Qurbonov Bahodir Nizamovich – Mudofaa vaziri;

Bobojonov Po‘lat Razzaqovich – Ichki ishlar vaziri;

Umurzoqov Sardor O‘ktamovich – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri;

Xo‘jayev Jamshid Abduhakimovich – Qishloq xo‘jaligi vaziri;

Hamroyev Shavkat Rahimovich – Suv xo‘jaligi vaziri;

Husanov Nozim Baxtiyorovich – Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri;

Shodmonov Alisher Qayumovich – Sog‘liqni saqlash vaziri;

Majidov Inom Urishevich – Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri;

Shermatov Sherzod Xotamovich – Xalq ta'limi vaziri;

Shin Agrippina Vasilevna – Maktabgacha ta'lim vaziri;

Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich – Madaniyat vaziri;

Sodiqov Shuhrat Muhamadjanovich – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri;

Soliyev Muzaffar Xoldarbayevich – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri;

Abdurahmonov Ibrohim Yulchiyevich – Innovatsion rivojlanish vaziri;

Nabiyev Dilmurod Hamidullayevich – Jismoniy tarbiya va sport vaziri;

Zokirov Botir Erkinovich – Qurilish vaziri;

G‘aniyev Elyor Majidovich – Transport vaziri;

Sultonov Alisher Saidabbosovich – Energetika vaziri;

lavozimi bo‘yicha – Favqulodda vaziyatlar vaziri;

Davlat qo‘mitalari

Azimov Murotjon Berdialiyevich – Davlat bojxona qo‘mitasi raisi;

Musayev Behzod Anvarovich – Davlat soliq qo‘mitasi raisi;

G‘ulomov Baxtiyor Vahobovich – Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi;

Ismoilov Oybek Ortiqovich – Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi;

Begalov Bahodir Abdusalomovich – Davlat statistika qo‘mitasi raisi;

Abdullayev Abdushukur Hamidovich – Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi;

Qo‘chqorov Bahrom To‘lqinovich – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi;

Islomov Bobir Farxadovich – Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi;

Norqobilov Bahromjon To‘rayevich – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi;

Bakirov Nizomidin Jalilovich – O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zolari etib tasdiqlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga lavozimi bo‘yicha kiradi.

Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklangan.

Ko‘proq yangiliklar: