O‘zbekistonga 1995 yilgacha kelgan shaxslarga fuqarolik avtomatik tarzda beriladi

O‘zbekiston 15:00 / 24.01.2020 29756

1995 yilga qadar O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon mamlakatda muqim yashayotgan shaxslarga avtomatik tarzda fuqarolik beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida ma'lum qildi.

«Mamlakatimizda uzoq vaqtdan beri yashab kelayotgan, lekin O‘zbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga ega bo‘la olmayotgan minglab yurtdoshlarimizning ana shu muammosini qonuniy hal qilish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish vaqti keldi, deb o‘ylayman.

Xususan, 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi avtomatik tarzda berilishi darkor.

Bu orqali 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bilan bog‘liq, uzoq yillardan buyon yechilmay kelayotgan muammolari hal etiladi», dedi prezident.

Davlat rahbari hukumatga bu masalani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqib, shu yil 1 mayga qadar tegishli qonun loyihalarini taqdim etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Ko‘proq yangiliklar: