O‘zbekistondagi barcha qishloq va mahallalar 2 yil ichida tezkor internet bilan ta'minlanadi – Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston 12:20 / 24.01.2020 14704

2020 yilda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha tub burilish qilishimiz kerak, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida.

Davlat rahbariga ko‘ra, birinchi navbatda qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, ta'lim, arxiv sohalarini to‘liq raqamlashtirish lozim.

«Ta'limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan, axborot texnologiyalari joriy etilishi shart.

O‘tgan yili barcha shahar va tuman markazlarini yuqori tezlikdagi internetga ulash ishlari yakunlanganini hisobga olib, yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni ana shunday tezkor internet bilan ta'minlashimiz kerak.

Hozirgacha 7 mingdan ortiq sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta'lim muassasalari va maktablar yuqori tezlikdagi internetga ulangan bo‘lsa, keyingi 2 yilda yana 12 mingta muassasa tezkor internetga ulanadi», – dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev «Elektron hukumat» tizimini qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytib, yangi tashkil etilayotgan IT-parklar va «1 million dasturchi» loyihasi haqida ham eslab o‘tdi.

Ta'kidlanishicha, «Raqamli O‘zbekiston – 2030» dasturini ishlab chiqishni ikki oy muddatda yakunlash lozim.

Ko‘proq yangiliklar: