O‘qish muddati uch yil qilib belgilanadigan ta'lim yo‘nalishlariga aniqlik kiritildi

O‘zbekiston 20:04 / 24.01.2020 172281

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 yanvar kuni parlamentga murojaatnomasida aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng o‘qish muddati 3 yil etib belgilanadigan yo‘nalishlar borasida ko‘pchilikda savollar tug‘ilmoqda. Kun.uz muxbiri mazkur masala yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati rahbari Farhod Babashev bilan bog‘landi.

Unga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati uch yil etib belgilanadi:

  • Musiqa ta'limi
  • Jismoniy madaniyat
  • Texnologik ta'lim
  • Chaqiriqqacha harbiy ta'lim
  • Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi
  • Maktabgacha va boshlang‘ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport.

Bunga oid tegishli xujjat (prezident yoki hukumat qarori) yaqin orada qabul qilinishi kutilmoqda.

«Qo‘shimcha qilish kerakki, yangi tartib 2020 yilda talabalikka qabul qilinadiganlar uchungina amal qiladi.

Mazkur yo‘nalishlarda o‘qishini davom ettirayotgan talabalar 4 yillik muddatda ta'limni davom ettiradilar», – dedi Farhod Babashev.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari OTMlarda davlat granti ikki barobarga oshirilishini ma'lum qilgan edi. Aniqlik kiritish joiz, mazkur o‘zgarish 3 yil davomida amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: