Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi boks bo‘yicha turnirning yangi sanasi ma'lum qilindi

Sport 14:00 / 24.01.2020 9275

Joriy yilning 3-14-fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi lisenzion turnirning o‘tkazilishi bekor qilingan edi.

«Tokio-2020 Olimpiadasining boks bo‘yicha lisenzion musobaqasini tashkil etuvchi qo‘mita bahslar Uxandagi koronavirus sababli qoldirilgani haqida barcha boks federatsiyalariga xat yuborgan.

Unga ko‘ra, Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bokschilari uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa 3-11-mart kunlariga ko‘chirildi. Ayni paytda tashkiliy qo‘mita Xitoydan boshqa mamlakatda ushbu musobaqani o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu borada milliy federatsiyalarga rasmiy xabar yuborishi haqida xatda alohida ta'kidlangan» - deyiladi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi 17 yanvar kuni Xitoyning Uxan shahriga jo‘nab ketgandi. 31 yanvarga qadar o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishi lozim bo‘lgan bokschilarimiz Uxandagi koronavirus sababli muddatdan avval Xitoydan qaytib kelishadi.

Ko‘proq yangiliklar: