Falastin AQShning «asr bitimi»ni rad etishi mumkinligini aytdi

Jahon 11:00 / 24.01.2020 7846

Falastin “asr bitimi” nomi bilan ma'lum bo‘lgan, AQShning Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish rejasi xalqaro qonunchilikni buzsa, uni rad etadi. Bundan Falastin yetakchisi Mahmud Abbosning rasmiy vakili Nabil Abu Rudayn ogohlantirdi. 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp rejani Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan 28 yanvardagi uchrashuvidan oldin e'lon qilishini aytgan.

“Agar bitim avval rad etilgan shartlar bilan e'lon qilinsa, Falastin hukumati qonuniy huquqlarimizni himoyalash uchun bir qator choralarni e'lon qiladi”, deb aytgan Rudayn.

Falastin hozirda to‘xtatilgan, Isroil bilan tinchlikka erishish jarayoni doirasida ikki suveren davlat o‘rtasidagi chegaralar 1967 yilgi Olti kunlik urushgacha bo‘lgan liniyalar bo‘yicha o‘tishini talab qilib kelmoqda. Falastinliklar Iordanning g‘arbiy sohili va G‘azo sektorida o‘z davlatlarini tashkil etib, Al-Quds shahrini uning poytaxti qilishmoqchi. Isroil esa 1967 yilgi chegaralarga qaytish va o‘z poytaxti deb e'lon qilgan Al-Qudsni arablar bilan bo‘lishishdan bosh tortmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: