Dam olish kunlari yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekiston 19:20 / 24.01.2020 7079

«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, 25 yanvar, shanba kunidan yakshanbaga o‘tar vaqtda havo oqimlari almashib, ob-havo o‘zgarishi kutilmoqda. Iliq havo oqimi o‘rnini Volgabo‘yi hududidan kiradigan salqin va nisbatan nam havo oqimi egallaydi. Ayrim joylarda kuchsiz yog‘ingarchilik kuzatiladi.

Turkmaniston hududidan kirgan nam havo oqimlari ta'sirida ob-havoning bulutli bo‘lishi, ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, mamlakatning shimoliy hududlarida kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘li tumanlarida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi mumkin. Shu kunlarda sinoptiklar haroratning kechasi 0—5 daraja sovuqqacha, kunduzi 0—5 daraja iliqqacha pasayishini prognoz qilmoqda. Bu harorat kun me'yorlaridan 2—4 darajaga pastdir.

Ko‘proq yangiliklar: