25 yanvar kuni Toshkentdan Tailandga charter reys uchadi

Sport 00:27 / 24.01.2020 20321

Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Yarimfinalda Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy bergan O‘zbekiston Tokio olimpiadasi yo‘llanmasi uchun imkoniyatni yo‘qotgani yo‘q.

25 yanvar kuni Bangkokdagi «Rajamangala» stadionida O‘zbekison hamda Avstraliya jamoalari o‘rtasida uchinchi o‘rin uchun o‘yin o‘tkaziladi. Bu o‘yin g‘olibi musobaqaning bronza medallari bilan birga Tokio-2020 olimpiada o‘yinlarining futbol bahslariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Tribuna.uz muxbirining ma'lum qilishicha, 25 yanvar kuni Toshkentdan Tailandga O‘zbekiston U23 jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘p sonli muxlislar keladi. Maxsus charter reys Toshkentdan Bangkokka 150 nafar o‘zbekistonlik muxlisni olib kelishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston — Avstraliya o‘yini 25 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi. Musobaqa g‘olibligi uchun Saudiya hamda Janubiy Koreya jamoalari bahslashadi. Final 26 yanvarga belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: