Xitoyda Uxan aholisiga virus sababli shaharni tark etish taqiqlandi

Jahon 09:23 / 23.01.2020 14886

Yangi tipdagi koronavirus bilan chaqiriluvchi zotiljam paydo bo‘lishi o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahri aholisiga 23 yanvardan shaharni alohida zaruratsiz tark etish taqiqlandi. Xitoy shunday choralar bilan koronavirus tarqalishi oldini olmoqchi, deb xabar berdi Global Times nashri.

Ta'kidlanishicha, shaharda avtobus, metro, shaharlararo poyezdlar qatnovi va samolyotlar parvozi to‘xtatilgan. Taqiqlov qancha vaqt davom etishi noma'lum.

Uxan Xubey provinsiyasida joylashgan bo‘lib, uning aholisi 11 mln kishini tashkil qiladi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi virusdan zararlanganlar soni 570 kishidan oshdi, 17 kishi uning qurboniga aylangan. 

“Jenmin jibao” nashrining xabar berishicha, Xitoyning 27 ta hududida koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan. Kasallanganlardan 95 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda. Ular bilan yaqin aloqada bo‘lgan 5,8 ming kishi karantinga joylashtirilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: