Transport vazirligi Qozog‘iston orqali harakatlanayotgan haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zbekiston 15:10 / 23.01.2020 26810

Ob-havo sharoitining keskin yomonlashuvi hamda kuchli qor bo‘ronlari sabab Qozog‘istonning 9 viloyatidagi 48ta yo‘l uchastkasida barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar bermoqda.

Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi mabuot xizmati tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘skemen-Ridder-RF chegarasi avtoyo‘lining 15-105 km oralig‘idagi (Belousovka-Ridder) uchastkasi tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomobillari uchun yopilgan. 

O‘skemen-Shemonaixa-RF chegarasi trassasining 15-105 km (Glubokoye-Shemonaixa) uchastkasi tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomobillari uchun yopildi. 

Semey-Qaynar trassasining 8-144 km oralig‘idagi (Semey-Sarjal), O‘skemen-Shemonaixa-RF chegarasi trassasining 105-123 km oralig‘idagi (Shemonaixa-RF chegarasi) uchastka ham yopilgan. 

«Aqto‘be-Bolgarka-Shubarquduq» trassasi 17 km (Sazdi ovuli) - 190 kmgacha («Aqto‘be-Astraxan» trassasi) bo‘lgan qismida harakat butunlay to‘xtatilgan. 

Transport vazirligi haydovchilarga ob-havo sharoiti yaxshilangunga qadar yo‘lga chiqmasliklarini tavsiya etgan.
 
Favqulodda vaziyatga yo‘liqqan haydovchilar 1403 raqamiga murojaat qilishi mumkin ekani aytiladi.

Ko‘proq yangiliklar: