Shveytsariyada dunyodagi eng kichik oltin tanga zarb etildi

Jahon 20:34 / 23.01.2020 6817

Shveytsariyada Albert Eynshteynning tilini chiqarib turgan mashhur surati tasviri tushirilgan dunyodagi eng kichik oltin tanga zarb etildi.

Tanganing og‘irligi 60 milligrammdan sal ortiq, diametri esa uch millimetrga yaqin. Uning qiymati chorak shveysar frankiga teng. Tangadagi suratni oddiy ko‘z bilan ko‘rishning iloji yo‘q, shuning uchun kattalashtiruvchi oyna va yorituvchi uskunani o‘z ichiga olgan alohida jamlanma ham ishlab chiqarildi: ular tangani batafsil ko‘zdan kechirish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, bu tangani chiqarishga umrining uchdan bir qismini Shveytsariyada o‘tkazgan Eynshteynning o‘zi ilhomlantirgan. 

Eynshteyn tasviri tushirilgan tanga shveysariyalik tennischi Rojyer Federer va quyon tasvirlangan yana ikkita tanga bilan teng chiqarildi.

Ko‘proq yangiliklar: