Pokiston yadroviy zaryad tashuvchi ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Jahon 22:08 / 23.01.2020 6739

Pokiston «Hatf-3» ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Daily Times nashri xabar berdi. 

Sinov Pokiston armiyasi strategik kuchlarining tezkor tayyorgarlikni mashq qilishga qaratilgan mashg‘ulotlarining bir qismi bo‘lgan. Pokiston qurolli kuchlarida ta'kidlanishicha, raketaning uchish uzoqligi 290 kmni tashkil qiladi.

XI asrda yashagan hukmdor Mahmud G‘aznaviy sharafiga “G‘aznaviy” deb ham ataluvchi raketa yadroviy kallaklarni tashiy oladi.

2019 yil avgustda Pokiston ushbu raketani tungi vaqtda sinovdan o‘tkazgan. Noyabrda esa Pokistonda “Shahin-1” ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan. Ushbu raketa har qanday turdagi jangovar, jumladan yadroviy kallaklarni 650 kmgacha yetkaza oladi.

Ko‘proq yangiliklar: