O‘zbekistonning chakana va ulgurji savdo tovar aylanmasi ma'lum qilindi
Respublika bo‘yicha 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 164,1 trln so‘mni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 7,9 foizga o‘sdi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 25,8 trln so‘mni (o‘sish sur'ati 23,5 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasi 138,3 trln so‘mni (o‘sish sur'ati 5,4 foiz), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 159, trln so‘mni (2018 yilga nisbatan 9,7 foizga kamaygan) tashkil etdi.
2018 yilning shu davriga nisbatan respublikaning barcha hududlarida chakana savdo tovar aylanmasining o‘sish sur'atlari kuzatilib, nisbatan yuqori o‘sish sur'atlari Xorazm, Jizzax, Surxondaryo, Namangan, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi.
Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 2018 yilning mos davriga nisbatan 23,5 foizga o‘sdi va 25,8 trln so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 15,7 foiz ulushiga to‘g‘ri keladi.
Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2019 yil yanvar-dekabr oyi yakunlariga ko‘ra, 53,8 trln so‘mni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 5,3 foizga o‘sgan.
Yil boshidan respublika bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 76,7 trln. so‘mni tashkil qildi va 2018 yilga nisbatan 5,7 foizga o‘sdi.
Ushbu sektorning umumiy ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi esa 70,2 foizni tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich boshqa viloyatlar bilan taqqoslanganda, Toshkent shahrida (78,1 foiz), Farg‘ona (80,9 foiz), Samarqand (71,9 foiz), Buxoro (71,1 foiz) va Andijon (69,4 foiz) viloyatlarida yuqori bo‘lgan.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

15:05 / 07.03.2025
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi

13:32 / 07.03.2025
O‘zbekistonda rasmiy statistikani tayyorlashga autsorsing joriy etiladi

11:55 / 04.03.2025