O‘zbekistonlik migrant Peterburgda qirg‘iz pasportini sotib olgani uchun sud oldida javob beradi

Jahon 15:02 / 23.01.2020 6609

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi sud oldida javob beradi - u soxta hujjat sotib olganlik va undan foydalanganlikda ayblanmoqda. Bu haqda mahalliy OAV xabar qildi.

Prokurorning versiyasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik mehnat muhojiri pul va vaqtni patentni rasmiylashtirish uchun sarf qilmaslik maqsadida Qirg‘iziston soxta pasportini sotib olishga qaror qilgan, u Rossiyada ishlash huquqini taqdim etgan. Qirg‘iziston fuqarolarining Rossiyada ishga joylashishi nisbatan oson - ularga ishlash uchun ruxsatnoma olishning hojati yo‘q, vaqtincha qolish muddati esa ish beruvchi bilan tuzilgan shartnoma muddatiga qarab belgilanadi.

Erkak soxta pasport, migratsiya kartasi va Rossiya hududida shu yil aprel oyigacha qolishga imkon beruvchi mehnat shartnomasini xarid qilgan. Natijada, u hujjatlarni qalbakilashtirgani uchun qo‘lga olindi, jinoyat ishi Kolpino tuman sudining zalida ko‘rib chiqiladi.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik fuqaro bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish yoxud bir yillik majburiy jamoat ishlari jazosiga tortilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: