Nur Sulton aeroportida 11ta reys bekor qilindi va 38tasi kechiktirildi 

Jahon 17:19 / 23.01.2020 12513

Nursulton Nazarboyev nomidagi xalqaro aeroportda 38ta reys kechiktirildi va 11ta reys bekor qilindi. Bu haqda Tengrinews aeroport matbuot xizmatiga asosan xabar berdi.

Samolyotning boshqa shaharlardan kech kelishi va qo‘nish aeroportida ob-havo sharoiti yomon bo‘lganligi sababli 22ta reys kechikmoqda: 

- «Eyr Astana» aviakompaniyasining 9ta reysi (shu jumladan Omsk, Toshkent, Moskva va Kiyevdan xalqaro reyslar);
- SCAT aviakompaniyasining 8ta reysi (shu jumladan Ulan-Bator, Moskva va Pragadan xalqaro reyslar);
- Qazaq Air aviakompaniyasining Olmaota va Qo‘stanayga ikkita reysi;
- Fly Arystan aviakompaniyasining Pavlodar, Olmaota va Qo‘stanayga 3ta reysi.

Samolyotning boshqa shaharlardan kech kelishi va aeroportda ob-havo sharoiti yomonligi (shamolning tezligi sekundiga 20 metrga yetadi) sababli 16ta reysning parvozi kechikmoqda:

- «Eyr Astana» aviakompaniyasining 6ta reysi (shu jumladan Toshkent va Kiyevga xalqaro reyslar);
- SCAT aviakompaniyasining 6ta reysi (shu jumladan Moskva va Pragaga xalqaro reyslar);
- Qazaq Air va Fly Arystan aviakompaniyasining 4ta reysi.

Lufthansa’ning Frankfurtga, Turkish Airlines’ning Istanbulga, LOT Polish'ning Varshavaga, «Eyr Astana», Qazaq Air, SCAT’ning jami 11 reyslari bekor qilindi.

Kuchli shamol (sekundiga 15 metr va undan yuqori) tufayli parvozlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida havo kemalariga muzlashga qarshi suyuqlik bilan ishlov berishga ruxsat berilmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: