Eronda AQSh general Sulaymoniyni o‘ldirish uchun Kuvaytdagi bazadan foydalangani aytildi

Jahon 20:24 / 23.01.2020 10260

AQSh qurolli kuchlari Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniyni bartaraf etish uchun Kuvaytdagi harbiy bazadan parvoz qilgan uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan foydalangan. Buni Islom inqilobi muhofizlari korpusining havo-koinot kuchlari qo‘mondoni general Amir Ali Hojizoda ma'lum qildi, deb xabar berdi Tasnim axborot agentligi.   

“Amerikaliklar Sulaymoniyni o‘ldirish uchun bir qator funksiyalardan foydalangan. Bu maqsadda mintaqada MQ-9 parvoz qurilmalari havoga ko‘tarilgan va ularning aksariyati Kuvaytdagi “Ali as-Salom” bazasidan uchgan”, deb aytgan Hojizoda.

Generalning aytishicha, “Eron qurolli kuchlarida o‘sha vaqtda og‘ir qurolga ega ko‘plab boshqa samolyotlar ham havoga ko‘tarilganidan ajablanishgan va Tehron bu samolyotlar nima maqsadni ko‘zlayotganini tushunmagan”. “Amaliyotda kamida 4 ta bazadan foydalanilgan”, deb qo‘shimcha qilgan Hojizoda.

Qosim Sulaymoniy 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dod aeroporti yaqinida amerikalik harbiylarning zarbalari oqibatida halok bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: