Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Baxt» sport-sog‘lomlashtirish majmuasining tashkiliy-huquqiy maqomi belgilanadi
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan “Baxt” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida qo‘mitaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qayta qurish va kapital ta'mirlash ishlari yakunlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e'lon qilingan hujjati loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, sport-sog‘lomlashtirish majmuasining tashkiliy-huquqiy maqomini belgilash, shuningdek, ushbu obektni kelgusida saqlash va faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha choralar belgilanadi:
Davlat bojxona qo‘mitasining mazkur obektga “Baxt” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi” Davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs maqomi (DUK) berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Belgilanishicha:
DUK direktori Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i asosida lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;
DUK xodimlarining shtat birliklari va ish haqi miqdorlari DUK direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
DUKning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
majmuani samarali boshqarish va ishlatish;
bojxona organlari xodimlari va ularning oila a'zolari, shuningdek pensionerlari uchun pullik asosda sog‘lomlashtirish va dam olish tadbirlarini tashkil etish;
sport, ko‘ngilochar va tantanali marosimlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tijoriy xizmatlarni ko‘rsatish.
DUKni moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
majmua tomonidan xizmatlar ko‘rsatishdan, tijorat faoliyatini amalga oshirishdan, shuningdek, majmuaga biriktirilgan bino, inshootlar va boshqa mol-mulklarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi DUKning Ustavini tasdiqlaydi, shuningdek uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid

07:38 / 24.02.2024
Sirdaryo - Baxt shaharlarini aylanib o‘tuvchi avtomobil yo‘li qurilishi rejalashtirilyapti

15:50 / 24.05.2023
Navoiyda xalqning puliga qurilgan sport majmuasi xalqdan tortib olinmoqda

10:04 / 08.05.2022
Termiz shahridagi «Alpomish» sport majmuasining tomi qulab tushdi

12:18 / 07.05.2022