Paragvay prezidenti denge bezgagiga chalindi

Foto: AP Photo / Jorge Saenz
Paragvay prezidenti Mario Abdo Benites denge bezgagi bilan og‘rimoqda, deb ma'lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Xulio Massoleni. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.
Avvalroq Benites o‘zini yomon his qilgan, harorati 38,5 darajaga yetgan va unda denge bezgagi alomatlari kuzatilgandi.
"Prezidentning sog‘ligiga keladigan bo‘lsak, u o‘zini yaxshi his qilmoqda, tahlillar prezident denge bezgagiga chalinganini tasdiqladi", - dedi Massoleni.
Uning qo‘shimcha qilishicha, davlat rahbari kichik cheklovlar bilan ishlashda davom etadi.
Paragvayda 2020 yilda 94ta bezgakka chalinish holatlari aniqlandi, bezgakdan ikki kishi vafot etdi.
Denge bezgagi subtropik va tropik iqlimli o‘lkalarda tarqalgan xavfli virusli kasallikdir. Uning asosiy tashuvchilari Aedes aegypti chivinlari hisoblanadi.
Mavzuga oid

08:36 / 01.05.2023
Paragvayda hukmron partiya nomzodi prezident etib saylandi

19:11 / 25.12.2020
Sobiq to‘purar darvozabon Chilavert Paragvay prezidentligiga nomzod bo‘ldi

19:17 / 29.08.2019
Shri-Lankada 42 mingdan ortiq kishi denge bezgagini yuqtirib oldi

16:22 / 15.07.2019