O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddati uzaytirilishi mumkin - OAV

O‘zbekiston 08:26 / 22.01.2020 33047

Rossiya va O‘zbekiston o‘zbekistonlik fuqarolarning Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddatini 15 kungacha oshirishni ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Rossiyaning REGNUM axborot agentligi O‘zbekiston hukumatidagi manbaga asoslanib xabar tarqatdi.

«Ikki mamlakatning tegishli vazirliklari va idoralariga O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada bo‘lishi muddatini uzaytirishni ko‘zda tutuvchi ikki tomonlama bitimni ishlab chiqish vazifasi topshirildi», - deya o‘z suhbatdoshining so‘zlarini keltirgan agentlik.

Ayni paytda o‘zbekistonliklarga Rossiya hududida 7 kungacha bo‘lgan muddatda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishga ruxsat berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: