Gretsiyada ilk marta ayol kishi prezident bo‘ladi

Jahon 16:22 / 22.01.2020 4532

Gretsiya parlamenti Yekaterina Sakellaropuluning mamlakat prezidentligiga saylanishiga ovoz berdi.

Bunga qadar Sakellaropulu oliy ma'muriy sud raisi lavozimida ishlab kelayotgandi. U mamlakat tarixida eng yuqori lavozimni egallagan ilk ayol bo‘ldi.

63 yoshli Sakellaropuluning nomzodini prezidentlikka Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis ilgari surgandi.

Yekaterina Sakellaropulu 1956 yilda Saloniki shahrida tug‘ilgan. U 1987 yilda Afina universitetining yuridik fakultetini tamomlagan, 1989-1990 yillarda Parij universitetida konstitutsion va ma'muriy huquq bo‘yicha o‘qishni davom ettirgan.

Ko‘proq yangiliklar: