Eron tashqi ishlar vaziri Yevropani AQSh tahdidlaridan cho‘chimaslika chaqirdi

Jahon 16:08 / 22.01.2020 11995

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Yevropa davlatlarini AQShning iqtisodiy tahdidlaridan cho‘chish o‘rniga o‘z mustaqilliklarini namoyish etishga chaqirdi. 

"O‘z vijdonini sotgach va har qanday qonuniy asoslarni yo‘qotganidan so‘ng AQSh yangi tariflar bilan tahdid qilmoqda. YeI o‘z mustaqilligini ko‘rsatsa yaxshi bo‘ladi", deb yozdi u Twitter sahifasida.

Zarifning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan haftada "yevrouchlik" (AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya) AQSh prezidenti Donald Trampning sanksiyalaridan qochish uchun "yadroviy kelishuvning qolgan qismini sotgani Amerika ma'muriyati rahbarining "ishtahasini yanada ochadi".

21 yanvar kuni AQSh prezidenti agarda Vashingtonga ma'qul keladigan savdo bitimi imzolanmaydigan bo‘lsa, Yevropa ittifoqining avtomobillar importiga boj kiritish niyati jiddiyligini ma'lum qilgandi.

The Washington Post gazetasining yozishicha, Tramp agarda Parij, London va Berlin Eronni yadroviy kelishuvni buzganlikda ayblamaydigan bo‘lsa, Yevropa avtomobillariga 25 foiz miqdorida boj kiritish bilan tahdid qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: