Eldor Shomurodov «Rostov» bilan 5 yillik shartnoma imzoladi

Sport 19:40 / 22.01.2020 13220

«Rostov» klubi hamda O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi Eldor Shomurodov klubi bilan yangi uzoq yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda «Rostov» rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Uch nafar futbolchi «Rostov» bilan shartnomalarini uzaytirishdi. Jumladan, Eldor Shomurodov, Matias Normann va Danil Glebov klubi bilan yangi 5 yillik shartnomani imzolashdi. Futbolchilarning klubimiz sharafini munosib himoya qilishda davom etishlarini tilab qolamiz» - deyiladi klub rasmiy saytida.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik 24 yoshli to‘purarga boshqa klublardan bir qator takliflar bo‘lishiga qaramay, klub rahbariyati va futbolchining o‘zi qishki transfer oynasida klubni tark etmasligini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: