«Bavariya» «Real» futbolchisini safiga qo‘shib oldi

Sport 18:29 / 22.01.2020 7155

«Real» himoyachisi Alvaro Odriosola mavsumning qolgan qismini Myunxenning «Bavariya» klubida ijara asosida o‘tkazadi.

24 yoshli futbolchi yangi klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va shartnomaga imzo chekdi. U bugunoq nemislar klubi mashg‘ulotlariga kirishadi.

Qanot himoyachisi bo‘lgan Odriosola Ispaniya terma jamoasida 4 o‘yin o‘tkazib, bir gol urishga ulgurgan. U «Real»ga 2018 yilning yozida «Real Sosedad»dan kelib qo‘shilgan, madridliklar klubi bilan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.

Joriy mavsumda Odriosola «Real» safida 5 o‘yinda maydonga tushib, bir golga uzatma bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: