ShHT davlatlari rahbarlari Moskvada g‘alabaning 75 yilligi tantanalarida ishtirok etadi

Jahon 15:52 / 21.01.2020 10890

Shanhay hamkorlik tashkilotiga a'zo barcha davlatlarning rahbarlari Moskvada g‘alabaning 75 yilligi tantanalarida ishtirok etishini tasdiqladi, deb ma'lum qildi Rossiya prezidentining ShHT ishlari bo‘yicha maxsus vakili Baxtiyor Hakimov.

"ShHTga a'zo barcha davlatlarning rahbarlari 9 may kungi bayram tadbirlarida ishtirok etadi deb o‘ylayman. Ularning barchasi taklif etilgan va tasdiqlangan dastlabki javob ijobiy", - dedi Hakimov.

ShHT Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida 2001 yil 15 iyunda tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi a'zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, shuningdek, ta'lim, energetika, transport, turizm, atrof-muhitni muhafaza qilish va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Bundan tashqari, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, terrorizm, ekstremizm va ayirmachilikka qarshi birgalikda kurashish ham tashkilotning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

2017 yilda tashkilotga Hindiston va Pokiston ham tashkilotga qabul qilingan. Mo‘g‘iliston, Afg‘oniston, Belarus va Eron kuzatuvchi, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka hamkor davlatlar hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: