Sa'd ash-Shehri: «O‘zbekiston bilan o‘yinda xato qilsangiz, bu qimmatga tushadi»

Sport 11:40 / 21.01.2020 13947

Osiyo chempionati-U23 yarimfinalidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan avval har ikki jamoaning bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Uning birinchi qismida qatnashgan Saudiya ustozi Sa'd ash-Shehri o‘yin haqida savollarga javob berdi.

«Bizning maqsadimiz olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olish, shu bois bu bahsga tayyormiz. Bizni O‘zbekistonga qarshi juda qiyin o‘yin kutib turibdi. Raqibda kuchli jamoa, kuchli futbolchilar bor. Ammo bizda ham kuchli futbolchilar yig‘ilgan.

Biz Tailandni qiyinchilik bilan yengdik, ammo o‘sha bahsda o‘z xarakterimizni ko‘rsata oldik. O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan bizda dam olish uchun bir kun ko‘proq vaqt bo‘ldi va umid qilaman bu foydamizga ishlaydi.

Bizning bu avloddagi futbolchilar bilan rejalarimiz ko‘p, jamoada yaxshi yigitlar yig‘ilgan. Ularning olimpiadaga chiqishi va katta sovrinni qo‘lga kiritishi kelajak uchun muhim. Bu sovrin aynan hozirgi Osiyo chempionati kubogi bo‘lishini xohlayman.

O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarda xato qilsang, bu senda muammolar tug‘diradi. Raqib safidagi futbolchilarning kuchliligini yana bir bor takrorlamoqchiman. Ammo bizning raqibdan kuchliroq jihatlarimiz bor va ulardan foydalanishga harakat qilamiz»,— deb murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: