Manba: Rossiya Turkiyaga S-400 uchun 120 tadan ko‘proq raketa yetkazib bergan 

Jahon 01:36 / 21.01.2020 18443

Rossiya Turkiyaga S-400 zenit-raketa majmuasi divizionlari bilan birga 120 tadan ko‘proq boshqariluvchi raketa yetkazib bergan. Bu haqda TASS axborot agentligiga harbiy-diplomatik manba xabar berdi.

“Turkiya S-400’ning ikkita divizioni, 120 tadan ko‘proq zenit raketasi hamda yordamchi qurilmalar, ehtiyot qismlar va asbob-anjomlar olgan”, deb ma'lum qilgan manba. Uning ta'kidlashicha, bitim shartlarida Turkiyaga texnologiyani berish ko‘zda tutilmagan. 

Ta'kidlanishicha, S-400’ning qabul qilingani-topshirilgani haqidagi dalolatnoma Turkiya va Rossiya vakillari tomonidan 2019 yil dekabri boshida imzolangan. Hujjat imzolangach Rossiya tomonidan S-400’ga 20 oylik kafolatlangan xizmat ko‘rsatish bandi kuchga kirgan.

“Rosoboroneksport”da yuqoridagi ma'lumotga izoh berishni istashmagan.

Ko‘proq yangiliklar: