«Lokomotiv» Toshkentda Tojikiston klubiga mag‘lub bo‘lib, OChLni tark etdi

Sport 17:08 / 21.01.2020 24166

Osiyo chempionlar ligasi pley-off uchrashuvida Toshkentning «Lokomotiv» klubi Dushanbening «Istiqlol» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

 Ushbu muhim o‘yinga ikki tomon ham turlicha tayyorgarlik ko‘rgandi. «Lokomotiv» Birlashgan Arab Amirliklarida taraddud ko‘rgan bo‘lsa, Tojikiston chempioni Toshkentga kelib mashg‘ulotlar va nazorat o‘yinlarida maydonga tushdi.

 Shu bois, Toshkentdagi hali ko‘karmagan maydonga mezbonlardan ko‘ra, mehmonlar tezroq moslashib olishdi. Dastlabki bo‘limda ustunlik vakillarimizda bo‘lsa-da, yaqqol golli vaziyat yuzaga kelmadi.

 Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida esa hisobni kutilmaganda «Istiqlol» jamoasi ochdi. Alisher Jalilov chamasi 30 metrlardan kuchli zarba bilan Ignatiy Nesterovni ojiz qoldirib, hisobni ochdi – 0:1.

Image

Goldan keyin Andrey Fedorov shogirdlari muvozanatni tiklash uchun har qancha intilishmasin, Dushanbe klubi a'zolari himoyada ancha ishonchli o‘yin namoyish etib, vaziyatlarni bartaraf etib turdi va yakunda Toshkentdan g‘alaba bilan qaytishdi.

 Mavsumdagi dastlabki rasmiy bahsda mag‘lubiyatga uchragan «Lokomotiv» OChL yangi mavsumi bilan xayrlashgan bo‘lsa, «Istiqlol» guruh bosqichiga yo‘llanma olish uchun hal qiluvchi pley-off bahsida maydonga tushadi.

 21 yanvar (seshanba)
OChL-2020. Saralash bosqichi.
«Lokomotiv» (O‘zbekiston) – «Istiqlol» (Tojikiston) 0:1

Toshkent, 4256 tomoshabin.
Bosh hakam: Hussayn Abu Yahyo (Livan).
Gol: Alisher Jalilov, 61.
«Lokomotiv»: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Slavko Damyanovich, 6.Davronbek Umirov, 7.Kaxi Maxaradze, 9.Kirill Pogrebnyak (11.Temurxo‘ja Abduholiqov, 63), 10.Marat Bikmayev, 17.Sardor Mirzayev, 24.Davron Hoshimov, 33.Oleg Zoteyev, 77.Diyor Turapov (23.Abdul Aziz Yusupov, 81), 80.Farruh Ibrohimov.
«Istiqlol»: 1.Rustam Yatimov, 2.Marko Milich, 3.Davlatmir Tabrezi, 5.Iskandar Jalilov, 6.Zoir Jo‘raboyev, 7.Viktor Svejov, 10.Alisher Jalilov, 14.Sheriddin Boboyev, 17.Panshanbe Ehsoni, 21.Larin Oleksey, 63.Manuchehr Jalilov.
Zaxira: 16.Dilshod Dodoboyev, 11.Muhammadjon Rahimov, 12.Ziyovudin Fuzaylov, 13.Rustam Soirov, 19.Xurshed Jo‘rayev, 25.Saidmuhtor Azimov, 27.Jamshed Rahmonov.

Ko‘proq yangiliklar: