Chirchiq daryosining bir qismi obodonlashtiriladi. Loyiha qiymati - 100 mln dollar

O‘zbekiston 18:43 / 21.01.2020 15516

Toshkent shahar Bektemir va Sergeli tumanlaridan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi bo‘yini obodonlashtirish yuzasidan loyihalar taqdim etildi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma'lumotlarida aytiladi.

Xususan, unga ko‘ra Chirchiq daryosining 16 kilometr qismi obodonlashtirilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur loyihaning qiymati 100 mln AQSh dollarini tashkil etib, hududning obodonlashtirilishi natijasida hosil bo‘ladigan bo‘sh yer maydonining 245 gektarida Texnopark hamda 320 gektarida Zamonaviy bozorlar (shundan 160 gektarida bozorlar uchun avtoturargoh) tashkil etish rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida 160 ming yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: