Avstraliyada yong‘inlarda nobud bo‘lgan jonzotlar xotirasiga ulkan koala tasviri paydo bo‘ldi 

Jahon 19:48 / 21.01.2020 8037

Avstraliyaning Jyelong shahri plyajida “yashil qit'a”ning ramzlaridan biri – koalaning ulkan tasviri paydo bo‘ldi. 

Ta'kidlanishicha, ulkan koala muallifi o‘z ishlarini breatheablueocean taxallusi bilan e'lon qiluvchi avstraliyalik noma'lum rassom hisoblanadi. U bu tasvirni Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlarida nobud bo‘lgan millionlab jonzotlar xotirasiga yaratgan.

Mutaxassislarning taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra, bir necha oy davom etgan yong‘inlarda milliarddan ko‘proq jonzot nobud bo‘lgan. Ba'zi turlar yo‘q bo‘lish xavfi ostida qolgan. Ta'kidlanishicha, tabiiy yashash muhitidan mahrum bo‘layotgan koalalar 2050 yilga kelib yovvoyi tabiatda qolmasligi mumkin.

Avvalroq Avstraliyaga vayronkor yong‘inlardan keyin kuchli yog‘ingarchilik kelgani ma'lum qilingandi. 

Ko‘proq yangiliklar: