Xitoyda yangi turdagi koronavirus odamdan odamga yuqishi tasdiqlandi

Jahon 21:16 / 20.01.2020 13167

Xitoyda yangi turdagi koronavirusning odamdan odamga yuqishining tasdiqlangan holatlari mavjud, shuningdek 14 tibbiy xodim ushbu virus bilan zararlangan. Bu haqda Xitoyning sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ekspertlari maxsus komissiyasi rahbari Chjun Nanshan ma'lum qildi. 

“Hozirda mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, yangi turdagi koronavirus odamdan odamga aniq o‘tadi. Guandun provinsiyasida ikkita shunday holat qayd etilgan. Virusni yuqtirganlar Uxanga borishmagan, biroq ularning oila a'zolari borishgan va u yerda virus yuqtirib olishgan. Shu sababli, ushbu virus odamdan odamga yuqadi, deb aniq aytish mumkin”, deb aytgan mutaxassis.  

Uning ta'kidlashicha, tibbiy xodimlarning ham zararlanish holarlari qayd etilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda noma'lum virusdan kasallanganlar soni 198 nafargacha yetdi.  

2019 yil oxirida Xitoyda yangi turdagi zotiljamdan kasallanishning ilk holatlari qayd etilgandi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi yangi turdagi koronavirus ekanligi o‘rnatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: