«Real» yangi transferini e'lon qildi

Sport 21:28 / 20.01.2020 14645

«Real» Braziliyaning «Flamengo» klubi xavbeki Reynerning transferini e'lon qildi. 

18 yoshli braziliyalik futbolchi madridliklar klubi bilan 6,5 yillik shartnomaga imzo chekkan.

Xabarlarga ko‘ra, Madrid klubi Braziliya olimpiya jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchi transferi uchun 30 million yevro to‘lagan. Summaning 80 foizi (24 mln yevro) «Flamengo»ga, yana 10 foizdan (3 mln yevro) futbolchining oilasi va agentiga tegadi.

Reyner 9 fevral kuni «Real»ning ikkinchi jamoasi «Kastilya» safiga qo‘shiladi.

Mazkur havbek joriy mavsumda Braziliya chempionatida 14 o‘yinda maydonga tushgandi.

Ma'lumot uchun, «Real» 2018 yilning yozida Braziliyaning «Flamengo» klubidan Vinisius Juniorni, 2019 yilda Braziliyaning boshqa bir klubi «Santos»dan Rodrigoni transfer qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: