Putin taklif qilgan konstitutsiyaga kiritiladigan tuzatishlar loyihasi Dumaga kiritildi

Jahon 20:48 / 20.01.2020 5793

Tuzatishlarga ko‘ra, Rossiya prezidentiga ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimni egallashni taqiqlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, konstitutsiyada pensiyalarning majburiy indeksatsiya qilinishi mustahkamlab qo‘yiladi, ish haqining eng kam miqdori esa yashash minimumidan past bo‘lmasligi belgilanadi.

Shuningdek, loyihada yuqori lavozimli amaldorlarga boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lishni taqiqlash, bosh vazir va hukumat a'zolarini tasdiqlashni prezidentdan Davlat dumasiga o‘tkazish va federatsiya kengashiga sudyalarni lavozimidan ozod qilish huquqini berish taklif etilgan.

Bundan tashqari, Rossiya prezidenti hozircha mavjud bo‘lmagan qonun orqali maqomi belgilanadigan davlat kengashini tuzishga mas'ul bo‘ladi.

Xabar qilinishicha, Davlat dumasi qo‘mitasi loyihani 21 yanvarda ko‘rib chiqadi, parlament quyi palatasi esa hujjatni 23 yanvarda muhokama qiladi.

15 yanvar kuni Vladimir Putin parlamentga murojaatida konstitutsiyaga prezident va hukumatning boshqa institutlari o‘rtasida vakolatlarni qayta taqsimlashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgandi. Unga ko‘ra, Rossiya qonunlarini yangi konstitutsiyasiz xalqaro huquqdan ustuvor qilish taklif qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: