Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni bo‘ladi

O‘zbekiston 14:10 / 20.01.2020 19992

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Prezident Qonunchilik palatasi majlisida parlamentga murojaat sanasini ochiqladi.

Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, parlamentga murojaat juma, 24 yanvar kuni bo‘ladi. 

22 dekabr kuni O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, 150 deputatlik parlamentga 125 deputat saylandi, 5 yanvar kuni 25ta saylov okrugida takroriy ovoz berish o‘tkazildi.

Bundan oldin, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri saylangani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: