Prezident: «Parlamentda ko‘pchilikni tashkil etadigan partiya va unga muxolifatda bo‘lgan partiyalar o‘rtasida sog‘lom raqobat bo‘lishi shart» 

O‘zbekiston 12:00 / 20.01.2020 4328

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. 

«Biz og‘ir, tahlikali zamonda yashayapmiz. Atrofimizda bo‘layotgan voqealar kichkina masalalar emas. O‘zbekistonning ertaga yaxshi bo‘lishini ham, ertangi kunda munosib bo‘lishini ham xohlaganlardan ko‘ra, xohlamaganlar juda ko‘pligi va hech kim kelib bizga hech narsa qilib bermasligini sizlar ham ko‘z oldingizga keltiringlar. Sizlar endi kichkina odam emassizlar. Deputatning qalbi, deputatning vijdoni uyg‘oq bo‘lsa, vazirlar ham, hukumat ham, parlament ham uyg‘oq bo‘ladi.

Jahondagi ilg‘or tajribalar orqali partiyalar o‘z siyosiy manfaatlari, elektorati manfaatlarini ifoda etadigan qonunlar qabul qilish uchun parlamentda qizg‘in bahs olib borishlari kerak. Buning uchun parlamentda ko‘pchilikni tashkil etadigan partiya va unga muxolifatda bo‘lgan partiyalar o‘rtasida sog‘lom raqobat bo‘lishi ham shart. Agar u narsa bo‘lmasa, raqobat ham bo‘lmaydi. Qo‘rqmanglar, o‘rganinglar shuni. Kimdir taklifini aytsa, undan qo‘rqib, oyog‘i yerdan uzilibdi, deb... Yo‘q, xato qilgan bo‘lsa ham o‘zining fikrini aytadi. Sizlar to‘g‘rilanglar, chiqib qonuniy asoslab beringlar», - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Ko‘proq yangiliklar: