«O‘zbekiston temir yo‘llari» tranzit poyezdlardagi muammolar – dolzarb masala ekanini bildirdi

O‘zbekiston 14:38 / 20.01.2020 7706

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati Kun.uz saytida e'lon qilingan maqolada bildirilgan muammolarni «dolzarb masala» sifatida e'tirof etdi va tranzit qatnovlari yo‘lovchilarini qatnov chog‘ida kuzatiladigan har qanday qoidabuzarliklar yuzasidan ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishga chaqirdi. Bundan tashqari, yanvar oyining oxirida ikki mamlakat mutasaddi idoralarining Ishchi komissiyasi mazkur masala bo‘yicha qo‘shma majlisini ham o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Aksiyadorlik jamiyati munosabatida shunday deyiladi:

«Kun.uz elektron yangiliklar sayti jurnalistlari tomonidan Qozog‘iston Respublikasi orqali tranzit hududini kesib o‘tishda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ poyezdlarining yo‘lovchilari uchragan dolzarb masala ko‘tarildi. 

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ushbu masalani mamlakatlar hukumatlararo komissiyalarining ikki tomonlama uchrashuvlarida bir necha bor ko‘targan. Shartnomalarga muvofiq ushbu masalani o‘rganish maqsadida O‘zbekiston tashabbusi bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari vazirliklari va idoralari vakolatli mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhi tashkil etildi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, 2020 yil yanvar oyining uchinchi o‘n kunligida mazkur ishchi guruh Qozog‘istondagi temiryo‘lchi hamkasblari va tegishli bo‘linmalari bilan qo‘shni davlat nazorat organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari bilan bog‘liq o‘rganish va qarorlar qabul qilish uchun uchrashuv rejalashtirilgan. 

Hurmatli yo‘lovchilar! Eslatib o‘tamiz, sizga nisbatan qilingan ta'magirlik holatlarida yoki noqonuniy xatti-harakatlar bilan bog‘liq har qanday vaziyat yuzaga kelganda +99871 299 94 50 ishonch telefoni orqali xabar qilishingizni so‘raymiz.  

Bundan tashqari, Telegram messenjerida @pastrans havolasida murojaat yoki shikoyatingizni qoldirish mumkin». 

Eslatib o‘tamiz, 8 yanvar kuni Kun.uz sayti «Qozog‘istonlik ayrim chegarachilarning «hurmati juz-juz»mi? Rossiyaga safar sarguzashtlari» nomli maqolani e'lon qilgan edi.

Unda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli xalqaro yo‘nalishda qatnovchi poyezd tarkibi Qozog‘iston tranzit hududidan o‘tishida kuzatiladigan muammolar haqidagi turli xabarlarga oydinlik kiritilgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: