LG va Microsoft hamkorligi B2B sferada innovatsiyalarni rivojlantirishni jadallashtiradi

Jamiyat 17:00 / 20.01.2020 2491

LG Microsoft Azure Cloud i AI Technologies yordamida avtomobillardagi axborot-ko‘ngilochar va binolarni ekspluatatsiya qilish tizimlarini takomillashtiradi.

LG Electronics (LG) Microsoft bilan hamkorlikda avtomobillardagi axborot-ko‘ngilochar va binolarni ekspluatatsiya qilish tizimlari hamda biznes uchun boshqa yechimlarni takomillashtirishga kirishmoqda. CES 2020da e'lon qilinganidek, LG B2B sferasida raqamlashtirish sur'atini oshirish uchun Microsoft Azure servisi va sun'iy idrok (AI) plastformasidan foydalanadi.

Bir yil muqaddam LG Microsoft bilan LG avtonom transport vositalari va axborot-ko‘ngilochar tizimlari bo‘yicha biznesni kengaytirish va yanada rivojlantirish haqida e'lon qilgandi. Endi LG o‘z yangi loyihalari doirasini avtomobil sektori chegaralaridan o‘tkazib, tijorat faoliyati tomon yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

LG o‘zining Building Energy Control (BECON) boshqaruv tizimini Azure yordamida HVAC (isitish, ventilyatsiya va havoni tozalash) tizimlari yanada samaraliroq ishlashi uchun takomillashtiradi. O‘zining BECON tizimini dunyo bo‘ylab Microsoft ko‘magida kengaytirib borarkan, kompaniya BECONning Azure gibrid bulutlari va sun'iy idrok yordamida keyingi avlodini ishlab chiqadi.

Azure integratsiyasi LG avtomobillardagi axborot-ko‘ngilochar yechimlarni ko‘p marta takomillashtiradi. Bu tarmoqqa ulangan kelgusi avlod avtomobillari uchun LG WebOS Auto va Microsoft Connected Vehicle Platform platformlari yuqori darajada uyg‘unlashuvida o‘z tasdig‘ini topadi. WebOS Autoning yangi shaklida LG HMI(inson va mashina interfeysi)ning qo‘shimcha imkoniyatlarini namoyish qiladi va avtomobillarda ko‘ngilochar tizimlar faoliyati samaradorligida asqotadi.

LG axborot-ko‘ngilochar tizimlari LG virtual personal texnologiyalar yordamchilari bilan integratsiyalashadi va bu avto ishlab chiqaruvchilar uchun Microsoft yechimlar tezlatuvchilari bilan moslashtirilgan shaxsiy yordamchilar hamda virtual assistentlar ishlab chiqishga ko‘maklashadi. Bu ishlab chiqaruvchilarga brend imijini mustahkamlash va yakuniy xaridorga qator qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradi. Bu innovatsion dastur, HMI platformasi yangi raqamli xizmatlar monetizatsiyasi uchun mo‘ljallangan.

«Microsoft LG kompaniyasining B2B sferadagi ishlanmalarini ilgari surish uchun qo‘shimcha texnologiyalar va sinergiya bermoqda», - dedi LG Electronics kompaniyasi katta vitse-prezident, avtomobil va biznes-ishlanmalari markazi rahbari Li San-Yon janoblari. «Bizning Microsoft bilan hamkorlikdagi faoliyatimiz B2B sferada xizmatlarni raqamlashtirishni tezlashtirish kelgusida taraqqiyotni ta'minlaydigan raqobatni kuchaytirish imkonini beradi».

«Microsoft mobil kompaniyalarga raqamlashtirish va yangi ishbilarmonlik imkoniyatlarini aniqlab olishga yordam beradi -, dedi Microsoft Corp. Avtomobil sanoati bo‘yicha bosh menejyeri Sandjay Ravi. LG o‘z mijozlariga qo‘shimcha qiymatli yangi xizmatlar taklif etib, ma'lumotlarni boshqarish madaniyatida o‘zining raqamli imkoniyatlarini yaratadi».

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: