AQSh homilador ayollarga viza berilishini qat'iylashtirishi mumkin

Jahon 10:22 / 20.01.2020 5040

AQShda homilador ayollar uchun viza berish qoidalari qat'iylashtirilishi mumkin. Bu haqda AQSh ma'muriyatidagi manbalarga tayanib Axios portali xabar berdi. 

Ushbu chora AQShga farzandi avtomatik tarzda fuqarolik olishi uchun ataylab tug‘gani “turistik yoki ishchi maqsadlarda qisqa muddatli tashrif” ko‘rinishida keluvchi homilador ayollarga qarshi qaratilgan. 

AQSh qonunchiligi Qo‘shma Shtatlarda tug‘ilganlarga ota-onasining qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat'i nazar avtomatik ravishda fuqarolik olish imkonini beradi. 

Ma'lum qilinishicha, AQSh hukumati mutasaddi idoralarga viza so‘rayotgan homilador ayol ataylab AQShda tug‘gani kelayotganiga shubha paydo bo‘lsa, vizani rad etish huquqini berishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, AQShga haqiqatan ish yoki turistik maqsadda keluvchi homilador ayollarda muammo paydo bo‘lmasligiga va'da berilmoqda.

AQSh davlat departamentidagi manbaning ta'kidlashicha, ushbu choralar milliy xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash va “tug‘uruq turizmi” bilan bog‘liq jinoiy faoliyatga chek qo‘yishga qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: