AQSh davlat kotibi Nikolas Maduroni lavozimidan chetlatishga chaqirdi

Jahon 23:08 / 20.01.2020 9653

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo davlatlarni Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni lavozimidan chetlatishda hamkorlik qilishga chaqirdi. Bu haqda g‘arb ommaviy axborot vositalari xabar berdi. 

“Biz Venesuela fuqarolariga ziyon yetkazayotgan va butun mintaqaga ta'sir ko‘rsatayotgan Maduro zulmiga chek qo‘yishimiz kerak”, deb aytgan Pompeo Kolumbiya prezidenti Ivan Duke bilan Bogotadagi uchrashuvdan keyin.

Uning ta'kidlashicha, Maduro hokimiyatining zararli oqibatlari va gumanitar falokatga qarshi kurashish uchun hamkorlik qilish lozim.

Pompeo Kolumbiyaning venesuelaliklarga ko‘mak ko‘rsatishdagi, jumladan venesuelalik qochqinlarga boshpana berishdagi sa'y-harakatlarini yuqori baholagan.

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yil boshidan beri Venesuelani 4 mln kishi majburan tark etgan.

Ko‘proq yangiliklar: