Yamanda raketa zarbalari oqibatida 60 harbiy halok bo‘ldi

Jahon 09:07 / 19.01.2020 15809

Yamanda husiylarning Marib shahri yaqinida joylashgan harbiylar mashg‘ulot lageriga raketa zarbalari berishi oqibatida 60 harbiy halok bo‘ldi, 50 dan ko‘prog‘i yaralandi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, husiylar hujum vaqtida ballistik raketalar qo‘llashgan. Lagerdagi kazarma va masjid o‘qqa tutilgan.

Ma'lum qilinshicha, bu hujum milliy armiyaning arab koalitsiyasi ko‘magida Naham okrugiga olib borayotgan hujumiga husiylarning javobi bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: