Vadim Abramov Toshkentga uchib ketdi

Sport 23:53 / 19.01.2020 16827

O‘zbekiston milliy jamoasi hamda Toshkentning «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov Tailand poytaxti Bangkokdan Toshkentga uchib ketdi. Bu haqda Tribuna.uz muxbiri xabar bermoqda.

Abramov Tailandga «Nasaf» murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bilan birga O‘zbekiston U23 jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun kelgandi. Kecha Tailandga kelgan Abramov futbolchilar bilan uchrashib, ularga omad tilagan hamda BAAga qarshi o‘yinni Ro‘ziqul Berdiyev bilan birga «Rajamangala» stadionida kuzatgandi.

Abramov mahalliy vaqt bilan 01:40 da (Toshkent vaqti bilan 23:40) uchadigan reysda Toshkentga jo‘nab ketdi. Bu reysda MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov ham bor edi. Ma'lumot uchun, «Bunyodkor» 22 yanvar kuni Toshkentda OChL guruh bosqichiga chiqish uchun saralash o‘yinida «Al Zavra»ga qarshi o‘ynaydi. Bu o‘yinni yutsa, hal qiluvchi saralash o‘yinida «qaldirg‘ochlar»ni BAAning «Al Ayn» klubi kutib turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: