OCh-2020. Janubiy Koreya uchinchi yarimfinalchi

Sport 17:46 / 19.01.2020 14796

Tailanddagi Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi Janubiy Koreya – Iordaniya uchrashuvi yakunlandi.

O‘yinning 16-daqiqasida Cho Gu-Sung koreyslarni hisobda oldinga chiqargan bo‘lsa, 75-daqiqada Yazdon Al-Naymat hisobni tenglashtirdi.

O‘yindagi g‘olib qo‘shimcha bo‘limlarda aniqlanishi kutilayotgan bir paytda, uchrashuvning 90+4-daqiqasida Li Dong Gyong o‘z goli bilan Janubiy Koreya olimpiya jamoasiga yarim final yo‘llanmasini taqdim etdi.

Yarim finalda Janubiy Koreya jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Yana bir yarimfinalchi Saudiya Arabistoni esa BAA–O‘zbekiston juftligi g‘olibini kutmoqda.

Osiyo chempionati (U-23). 19 yanvar (yakshanba)

Janubiy Koreya – Iordaniya – 2:1

Gollar: Cho Gu-Sung (16), Li Dong Gyong (90+4) – Yazdon Al-Naymat (75).

Ko‘proq yangiliklar: