Hindiston suv osti kemalari uchun ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

Jahon 22:04 / 19.01.2020 10555

Hindiston 19 yanvarda suv osti kemalari uchun K-4 ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, deb xabar berdi hukumat manbalariga iqtibos keltirgan holda ANI axborot agentligi

Ma'lum qilinishicha, raketa Bengal ko‘rfazida suv ostidan uchirilgan. 

K-4 ballistik raketasi o‘rta masofalarga mo‘ljallangan bo‘lib, turli jangovar kallaklarni, jumladan yadroviy kallakni tashiy oladi. Uni Hindiston mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti “Arixant” sinfidagi suv osti kemalari uchun ishlab chiqaradi. Raketalarning maksimal uchish masofasi 3500 kmni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: