Eron harbiylari Fors ko‘rfazida Kuvaytning uchta kemasini ushladi

Jahon 20:48 / 19.01.2020 15031

Islom inqilobi muhofizlari korpusi katerlari Fors ko‘rfazida Kuvaytga qarashli uchta kemani ushladi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning xabariga ko‘ra, "Kuvaytga qarashli uchta kema Eron hududiy suvlariga bostirib kirganidan so‘ng ushlangan".

Islom inqilobi muhofizlari korpusi vakilining aniqlik kiritishicha, "Kuvaytga qarashli baliqchilik shxunalari Mohshahr shahri yaqinida ushlangan". Uning so‘zlariga ko‘ra, shxunalar hududga noqonuniy ravishda kirgan. 

U shuningdek, to‘qqiz nafar ekipaj a'zosi hibsga olingani va Eron sud hokimiyatiga topshirilganini aytdi.

Mazkur holat bo‘yicha Kuvayt amirligi hukumati tomonidan rasmiy izoh hozircha berilmadi.

Ko‘proq yangiliklar: