O‘zbekiston | 12:00 / 18.01.2020
5499
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Jahon banki 100 mln dollarlik zayom bitimi imzoladi

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Jahon banki bilan «Obod qishloq» loyihasi bo‘yicha 100 million dollarlik zayom bitimi imzolandi

Joriy yilning 17 yanvar kuni bosh vazir o‘rinbosari - moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myuller o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida 2019 yil mamlakatning hayotida bo‘lib o‘tgan moliyaviy-iqtisodiy o‘zgarishlar, davlat budjetining qonun shaklida qabul qilinishi va yangi soliq kodeksi muhokama qilindi.

Siril Myuller 2020 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganligi mamlakatning iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishlarni davom ettirish zarur va samarali ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Uchrashuv doirasida, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining qishloq tumanlari ijtimoiy infratuzilmasi va aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha 100 million AQSh dollarlik zayom bitimi imzolandi.

Bundan oldin, O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida sheriklik bo‘yicha yangi uzoq muddatli strategiya ishlab chiqilishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid